Toshkent shahrining Mirobod tumani, Islom Karimov ko‘chasida 9-dekabr kuni soat 22:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Yutong elektrobusni boshqarib kelayotgan haydovchi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Shu vaziyatda avtobus zarbidan piyoda qarama-qarshi yo‘nalishga yiqilgan ва Haval avtomashinasi ham ushbu piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari davom etmoqda.