1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirildi

Hududlarda 2025-yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash uchun 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi

Prezidentning “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga koʻra, 2025-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:

  • xizmatlar hajmini 15 foizga oshirish;
  • sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan taʼminlash;
  • 52,2 mingta xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish.

Prezidentning 2022-yil 27-yanvardagi qarorida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatuvchi tadbirkorlarga 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirildi. 2025-yilda quyidagi miqdorida kredit mablagʻlari yoʻnaltiriladi:

  • xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion soʻm;
  • xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion soʻm.

Hududlarda 2025-yilda quyidagi 652 ta drayver loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash uchun 1 trillion soʻm yoʻnaltiriladi:

  • 72 ta sohil boʻyi dam olish maskanlari;
  • 62 ta zamonaviy qiyofadagi istirohat bogʻlari;
  • 154 ta tunu kun faoliyat yuritadigan turizm va gastronomik yoʻnalishlarga ixtisoslashgan savdo va koʻngilochar koʻchalar;
  • 364 ta yoʻl boʻyi va boshqa servis obyektlari.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling