Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga 14-yanvar kuni qo‘lbola spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlanib vafot etgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosining yaqin qarindoshlari murojaat qildi.
Ushbu holatlar Istanbul shahrining Aksaray tumanida sotib olingan spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yuzaga kelgan. Vafot etgan fuqarolar asosan 35–40 yoshdagi erkaklar bo‘lib, ularning barchasi voyaga yetmagan farzandlarni yetim qoldirdi.
Bosh konsulxonaning qo‘shimcha qilishicha, qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi.
Olingan ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka ichida Istanbul shahrida jami 38 kishi soxta spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Polisiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov ishlarini boshladi. Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.
Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, 2 nafar Turkmaniston fuqarosi qo‘lga olingan va ularga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.
Hozirga vaqtga ko‘ra qalbaki spirtli ichimliklar oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetgan. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayolni kishini tashkil etmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling