Navoiyda fuqaroni Germaniyaga ishga joʻnatmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Navoiy viloyatida xorijiy davlatga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Maʼlum qilinishicha, Navoiy shaharda “S.-c.” MCHJni boshqaruvchisi O.Oʻ. fuqaro A.F.ning ishonchiga kirib, uni Germaniyaga ishga yuborishi evaziga fuqaro A.B. orqali 2,2 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling