Andijon va Toshkent viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Hokimlarga ikki nafardan yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.

Andijon va Toshkent viloyati hokimlariga ikki nafardan yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. 

Abdusattor Otabayev Andijon viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar, harbiy qismlarda harbiy xizmatchi vazifasida faoliyat olib borgan.

Elmurod Ismoilov esa viloyat hokimining o‘rinbosari-viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u hokimlik investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri vazifasida faoliyat olib borgan.

Jahongir Mamajonov  Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u AQSHdagi “JM Group” kompaniyalari bosh direktori vazifasida xizmat qilayotgan edi.

Ruslan Kunarov esa viloyat hokimining sanoat korxonalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Yangiyo‘l tumanidagi “BIO KORM” xususiy korxonasining Ishlab chiqarish masalasi bo‘yicha maslahatchisi vazifasida xizmat qilayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling