Dam olish kunlarida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

Harorat kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi

Bugun kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Markaziy viloyatlarning ayrim joylarida kechga tomon yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida faqat ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba‘zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati bugun kunduzi 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kechga tomon 2-5 daraja iliqqacha pasayadi.

Ertaga 8-mart kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

9-10-mart kunlari respublikaning barcha hududlarida quruq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduz kunlari 13-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, 7-8-martda ba‘zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechga tomon qisqa muddatga yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat ertalab 6-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kechga tomon 3-5 daraja iliqqacha pasayadi. Shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ertaga 8-martda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

9-10-mart kundari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 3-6 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling