Dam olish kunlari ob-havo iliq bo‘ladi

Juda mayin shamol sharqdan esib turadi.

Dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 

Bu noyabr oyining o‘rtalari uchun normal (o‘rtacha ko‘p yillik) ko‘rsatkichlardan 3-5 daraja yuqori. Juda mayin shamol sharqdan esib turadi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 18-20 daraja iliq bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling