Dam olish kunlarida havo harorati koʻtariladi

Havo harorati kunduzi 8-10 daraja iliq bo'ladi

Bugun respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.

Kunduzi havo harorati 3-8 daraja iliq boʻladi, janubiy hududlarda baʼzi joylarida 10-12 daraja iliq boladi. Shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.

Dam olish kunlari respublikadan sovuq havo massalari chekina boshlaydi. Butun respublika boʻylab havo harorati koʻtarilishi fonida quyoshli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

Ertaga kechasi havo harorati 2-7 daraja sovuq oraligʻida saqlanib, kunduzi 7-12 daraja iliqqacha koʻtarila boshlaydi, yakshanba kuni esa kechasi havo harorati 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqqacha, kunduzi 9-14 daraja iliqqacha koʻtariladi.

24-25-yanvarda bazi joylarda shamol 13-18 m/s gacha tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining toʻgli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

Toshkent shahrida bugun yogʻingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati 5-7 daraja iliqqacha koʻtariladi. Dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi, shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Havo harorati kechasi 3-5 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo'ladi. Yakshanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, havo harorati kechasi 0-2 daraja iliqqacha, kunduzi 11-13 daraja iliqqacha koʻtariladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling