Oʻzgidromet 27-fevral – 1-mart kunlari Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28-fevralda 4-9° sovuq, 1-martda 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 27-28-fevralda 4-9° sovuq, 1-martda 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq, 1-martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 27-28-fevralda 4-9° sovuq, 1-martda 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 28-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq; 1-martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 28-fevralda ayrim joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-fevralda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 28-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 1-martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 27-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. 28-fevralda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 1-martda baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 1-martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 27-28-fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 27-fevralda 7-12° sovuq, 28-fevral-1-martda 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.