Ilyosbek Umrzaqov Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.

Ilyosbek Umrzaqov Andijon viloyatining Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

I. Umrzaqov 1988-yilda Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 

U 2011-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (kunduzgi), 2022-yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi) tamomlagan.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar u viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling