O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 325,3 mln dollarga teng bo‘lgan 18 387 dona yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ulardan 9 789 tasi elektromobillar. O‘zbekistonga 2025 yilning 5 oyida eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib bergan davlatlar:
- Xitoy – 15 873 ta
- Koreya Respublikasi – 1 882 ta
- Hindiston – 168 ta
- Yaponiya – 122 ta
- AQSH – 82 ta
- Boshqa davlatlar – 260 ta