Investitsiya Institutlari Milliy Uyushmasi (IIMU) a’zolari va yangi saylangan rais Anvar Irchaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Uyushmaning rivojlanish rejasi, yangi ishtirokchilarni jalb qilish va O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori islohotlarida faol ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.
Anvar Irchaev – kapital bozori sohasida tajribali mutaxassis bo‘lib, IIMU raisi lavozimiga tayinlandi. U to‘rt yil davomida Uyushmaga rahbarlik qilgan Bahodir Ataxanovni o'rnini egalladi.
O‘z mehnat faoliyati davomida Anvar Irchaev quyidagi muhim lavozimlarda ishlagan:
- "Allianz AG" sug‘urta kompaniyasining vitse-prezident yordamchisi;
- "Deutscher Investment Trust" MChJning mijozlarga xizmat ko‘rsatish va marketing bo‘limi rahbari;
- "Dresdner Kleinwort Wasserstein" aksiyadorlik kapitali bozorlarida faoliyat yurituvchi guruh a’zosi, korporativ mijozlar uchun aksiyadorlik kapitalini jalb qilish bilan shug‘ullangan.
Anvar Irchaev shuningdek, "Orient Capital Management" kompaniyasining ham muassisi va direktori, "Universalbank" kuzatuv kengashi raisi va aksiyadorlardan biri, shuningdek, Team Universitetining asoschilaridan biri hisoblanadi.
O‘z nutqida yangi rais IIMU a’zolari sa’y-harakatlarini birlashtirish, strategik maqsadlarga erishish, bozor ishtirokchilari bilan hamkorlikni yaxshilash va kapital kiritish rivojlanishiga hamda bozorga ishonchni oshirishga xizmat qiluvchi yangi tashabbuslarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
IIMU o‘z faoliyatini kengaytirish va bozordagi o‘rnini mustahkamlash uchun professional hamjamiyat va bozor regulyatorlari ko‘magiga tayanib, faol ish olib borishni davom ettiradi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling