Oʻzbekistonning yetakchi banklaridan biri Ipoteka bank OTP Group energetika sohasidagi oʻrnini mustahkamlash va moliyaviy aloqalarni ragʻbatlantirish maqsadida “Oʻzbekneftegaz” AJ bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik toʻgʻrisidagi bosh kelishuvni imzoladi. Oʼzaro manfaatli kelishuv doirasida 3 yil muddatga qiymati 60,0 mln АQSh dollari miqdorida kredit ajratilishi ko’zlanmoqda.
Tashkilot mamlakat ichki bozorini tabiiy gaz bilan ta'minlash, yuqori sifatli neft-kimyo mahsulotlarini ishlab chiqarish, neft va gazni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, qayta ishlangan neft mahsulotlarini xalqaro bozorga eksport qilishni oʻz ichiga oladi.
Ushbu manfaatli hamkorlik Oʻzbekistonning iqtisodiy rivojlanishida muhim bir bosqich boʻlib, ikki tomonning ushbu muhim sohada oʻsishi va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishga boʻlgan sadoqatini mustahkamlaydi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling