Kripto-aktiv bilan shug‘ullanib, 34 mlrd so‘m "oborot" qilgan 17 yoshli yigit javobgarlikka tortilmaydigan bo‘ldi

Jinoyat ishi tergovchining qaroriga ko‘ra, harakatdan tugatildi

Avvalroq Buxoro viloyatining Jondor tumanida 17 yoshli yigit kripto-aktiv bilan shug‘ullanib, 34 mlrd so‘m "oborot" qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yigit Buxoro davlat universitetining iqtisodiyot va turizm fakulteti talabasi hisoblanadi. Tarmoqlarda xabarlar tarqalgach, unga nisbatan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari boshlangani aytilgandi.

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayevning yozishicha, kuni kecha ushbu jinoyat ishi tergovchining qaroriga ko‘ra, harakatdan tugatildi. 

"Unda Murodjonning qilgan ishi ijtimoiy xavfli emasligi, aybidan pushaymonligi, oilaviy ahvoli va hokazolar inobatga olingan. Aslida tergovchilarda mana shunday vakolat ham bor. Hammani ham sudgacha sudrab javobgar qilish shartmas. Murodjonga nisbatan mana shunday insonparvar yondoshuv qilgan tergovchidan minnatdormiz!", – deb yozadi Kusherbayev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling