Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Timur Ishmetovdan Davron Vahobovgacha: prezident ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlarini mukofotladi

Farmon bilan, davlat xizmatchilari, fuqarolar, biznes vakillaridan bir guruhi mukofotlandi.

Prezidentning "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan, davlat xizmatchilari, fuqarolar, biznes vakillaridan bir guruhi mukofotlandi. Jumladan:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan

  • Tursunov Jamshid Yunusovich - O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi
  • Xidoyatov Sherzod Saidjanovich - O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan

  • Vaxabov Davron Abdujalalovich - O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan

  • Qudratxo‘ja Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li - O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori

«El-yurt hurmati» ordeni bilan

  • Nematova Nargiza Isamiddinovna - Olot tumani hokimi, Buxoro viloyati
  • Saidov Sirojiddin Saloxovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Ishmetov Timur Amindjanovich - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Akbarjonov Aziz Akbarjon o‘g‘li - «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
  • Atabayev Shuhrat Xaldarovich - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi
  • Tulyaganov Kudratilla Asatullayevich - “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
  • Umerova Gayane Olegovna - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining departament boshlig‘i
  • Xasanov Nazirjon Nabijanovich - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

  • Butayev Orif Aliboyevich - “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi
  • Umarov Olimjon Muxamadjanovich - O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari
  • Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li - Chilonzor tumani hokimi, Toshkent shahri
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling