Ish haftasi davomida havo harorati ko‘tariladi

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 22-23-may kunlari ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha 19-may kuni 28-33 daraja, janubda 35 darajagacha bo‘lgan qulay harorat fonida ob-havo kam bulutli va quruq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ertadan havo harorati ko‘tarila boshlaydi va hafta o‘rtasida kunduz kunlari havo 35-38 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 40-42 darajagacha isiydi. Ish haftasining oxiriga kelib, salqin havoning yana bir qismi kirib kelshi hisobiga harorat 30-32 darajagacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 22-23-mayda ayrim joylarda ba‘zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 22-23-may kunlari ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Toshkentda 19-23-may kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun kunduzi harorat 28-30 daraja bo‘ladi, 20-22-mayda asta-sekin 35-38 darajagacha ko‘tariladi, 23-mayda 30-32 daraja bo‘ladi.

22-23-mayda shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi, ba‘zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling