Samarqand viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Samarqand tumani “Gulobod” MFYda joylashgan nodavlat ta‘lim muassasasi binosida 2 ta katta quvvatdagi isitish qozonlari orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 1 milliard 914 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.