Toshkentning Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosining tom qismida 19-avgust kuni soat 11:11 da yong‘in chiqdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, yong‘in izolyatsiya qoplamalarini yotqazish ishlari olib borilishida texnologik jarayonni buzilishi oqibatida kelib chiqqan.
Yong‘in soat 11:32 da o‘rab olinib, soat 11:34 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida 19 kv metr binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida fuqarolar jabr ko‘rmagan va binoning ichki qismi shikastlanmagan. Binoda nodir eksponatlar saqlanmagan.