Shavkat Mirziyoyev 20-oktyabr kuni Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif chog‘ida prezident zallarda amalga oshirilayotgan pardozlash va jihozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi, bo‘limlar va ko‘rgazmalarning mazmun-mohiyati, qo‘llanilayotgan interfaol texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.
Davlat rahbari eksponatlarni mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarga har tomonlama qiziqarli hamda tushunarli qilib taqdim etish muhimligini taʼkidladi.
Shu maqsadda markazda faoliyat yuritadigan mutaxassis va gidlarning sonini ko‘paytirish, ularni maxsus dasturlar asosida tayyorlash zarurligiga eʼtibor qaratildi.
Markaz faoliyatini mazmunan yana-da boyitish, ekspozitsiyalar orqali xalqimiz maʼnaviy va ilmiy merosini to‘liq namoyon etish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.