Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ismoil Jo‘rabekov 94 yoshda vafot etdi

U mustaqillik yillarida bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, prezidentning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Ismoil Jo‘rabekov vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ismoil Jo‘rabekov 1931-yil 12-sentyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

U uzoq yillar davomida respublika melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi o‘rinbosari, Davlat agrosanoat qo‘mitasi raisi, fuqarolar muhofazasi ishlari bo‘yicha vazir, Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Jo‘rabekov mustaqillik yillarida qishloq va suv xo‘jaligi vaziri, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, prezidentning qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling