Isomiddin Ismanov Andijon viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
I. Ismanov 1981-yilda Andijon tumanida tug‘ilgan.
U 2006 yilda Ichki ishlar vazirligining Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini (kunduzgi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar IIV Tezkor qidiruv departamenti Tezkor vaziyatlarni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat olib borgan.