O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan ushbu mamlakatdagi o‘zbekistonliklardan tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishni qatʼiy tavsiya qildi.
Elchixona fuqarolarga raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kirishni bildirdi.
Shuningdek, Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borish aytildi. Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilish taʼkidlandi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo o‘zlari bilan olib yurish qo‘shimcha qilindi.