Isroil hududini tark etmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga zarur ma‘lumotlar berildi

Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatni mustaqil ravishda tark etish istagida bo‘lgan fuqarolar qaysi nazorat-o‘tkazish punktlari orqali mamlakatni tark etishi bo‘yicha maʼlumot berdi.

Unga ko‘ra:

  • “Menaxem Begin” / “Taba” — Isroil-Misr chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba shaharlari o‘rtasida);
  • “Shayx Xusayn” — Isroil-Iordaniya shimoliy chegarasida joylashgan (Isroilning Bayt-Shean va Iordaniyaning Irbit shaharlari o‘rtasida);
  • “Isxak Rabin” / “Vadi Arava” — Isroil-Iordaniya janubiy chegarasida joylashgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba shaharlari o‘rtasida).

Barcha ko‘rsatilgan chegara punktlari hozirda odatiy tartibda (24 soat) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Misr orqali:

  • "Menaxem Begin"/“Taba” nazorat-o‘tkazish punkti (Eylat sh.)

O‘zbekiston fuqarolari ushbu punktni kesib o‘tib, Misrga vizasiz («Sinay kirish muhri» orqali) kira oladi. «Sinay kirish muhri» - 14 kungacha faqat Sinay yarim oroli hududida bo‘lish huquqini beradi (Qohira va boshqa shaharlarga safar qilish mumkin emas).

21 yoshga to‘lmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilishi shart.

“Taba”dan Sharm ash-Shayxgacha (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlanish imkoniyati mavjud. 

Aviaqatnovlar (Sharm ash-Shayx aeroportidan):

  • “UzAirways”: Haftasiga 3 marta (seshanba, chorshanba, shanba, soat 12:35) Toshkentga.
  • «Turkish Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toshkentga tranzit).
  • «Pegasus Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga («Sabixa Gyokchen» aeroportiga)  (Toshkentga tranzit).

Iordaniya orqali:

  • “Shayx Xusayn” (Bayt-Shean sh.) yoki "Isxak Rabin"/“Vadi Arava” (Eylat sh.) nazorat-o‘tkazish punktlari.

Ushbu punkt orqali Iordaniya poytahtigacha borib, keyin quyidagi aviayo‘nalishlardan foydalanish mumkin:

  • «Ummon – Istanbul – Toshkent»
  • «Ummon – Dubay – Toshkent»

Iordaniyaga kirish uchun mamlakat IIV sayti orqali viza olish zarur: 

https://www.moi.gov.jo

https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications

https://www.eservices.moi.gov.jo.

Zarur hollarda O‘zbekiston elchixonalarining favqulodda telefon raqamlariga murojaat qilish mumkin:

Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, uzembegypt@gmail.com);

Saudiya Arabistonida, o‘rindoshlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);

Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).

Isroil hududini tark etayotganda shaxsiy xavfsizlik ehtiyot choralarini ko‘rish va Front orti buyrug‘i tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qatʼiy amal qilish so‘raldi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling