Ish haftasida ob-havo qanday bo‘ladi?

Havo harorati kunduz kunlari 17-20 daraja iliq bo‘ladi

11-14-mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va assan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga Surxondaryo viloyatida ba‘zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, b‘zi joylarda 22 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 11-12-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomir, qor) bo‘ladi, 13-14-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Toshkent shahrida bugun va ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.

Harorat kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliqqacha bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling