Ish haftasining ikkinchi yarmida issiqlik sezilardi darajada pasaymaydi – O‘zgidromet

Ushbu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Keyingi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari havo harorati 40-43 daraja atrofida, janubda ba‘zi joylarda 44-45 darajagacha bo‘lgan juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida ham issiqning sezilarli darajada pasayishi kutilmaydi. Harorat asosan kunduz kunlari 38-41 daraja atrofida, janubda ba‘zi joylarda 42-43 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asosan kechalari 23-28 daraja bo‘ladi.

Ushbu kunlarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat asosan kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari 21-23-iyulda 40-42 daraja, 24-25-iyulda 38-40 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling