Toshkentdan Issiq-ko‘lga avtobus qatnovlari boshlanadi

Avtobus soat 15:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi.

8-iyundan boshlab Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Toshkent avtovokzalidan qatnovlar iyun oyining juft kunlarida amalga oshiriladi.

Issiq-ko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari esa iyun oyining toq kunlarida bajariladi. 

Qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi.

Chipta narxi 365 ming so‘m etib belgilangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling