Ish haftasida issiq havo bo‘ladi

Havo harorati asosan 32-37 daraja, janubda 39 darajagacha bo‘ladi.

9-iyunda Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda, shuningdek, kechasi va ertalab Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida ayrim joylarda momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

10-12-iyun kunlari respublika hududining katta qismida asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba‘zi joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Cho‘l hududlarda 8-iyunda ba‘zida 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati asosan 32-37 daraja, janubda 39 darajagacha bo‘ladi. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 8-12 iyun kunlari ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda 9-iyunda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 

10-12-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari 33-35 daraja bo‘ladi.

Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling