Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

1981-yilda tug‘ilgan ayol Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan.

O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan va qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIV.

Maʼlumotlarga ko‘ra, 1981-yilda tug‘ilgan I.U. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bo‘yicha Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan. 

Tezkor maʼlumotlar asosida u Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurganligi aniqlandi.

Mazkur shaxs 17-iyun kuni Turkiyada qo‘lga olinib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling