Komil Allamjonovga uyushtirilgan qurolli hujum ishi yuzasidan yana uch kishi qoʻlga olindi

Tergov harakatlari olib borilmoqda

Bosh prokuratura tomonidan Qibrayda ichida Komil Allamjonov boʻlgan mashinaga oʻq uzish holati bilan bogʻliq jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻtkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarning yana uch nafari aniqlanib, gumonlanuvchi tariqasida ushlandi.

27-oktyabr kuni mashinaga oʻq uzgan shaxslardan biri ushlangandi.

26-oktyabr kuni Qibray tumanida fuqaro S.S. boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashinaga qarata 2 nafar nomaʼlum shaxs oʻqotar quroldan bir necha marotaba oʻq uzib, qasddan odam oʻldirishga suiiqasd qilib, nomaʼlum tomonga yashiringan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling