Toshkent hayvonot bogʻidagi jirafa nobud boʻldi

Jirafaning oʻlimiga oshqozon buralishi sabab boʻlgan

Toshkent hayvonot bogʻi xodimlari, veterinariya xizmati va xorijiy veterinar mutaxassislarning saʼy-harakatlariga qaramay jirafa nobud boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, eng yomon taxmin tasdiqlangan: patologanatomik tekshiruv natijalari jirafaning oʻlimiga oshqozon buralishi sabab boʻlganini koʻrsatdi.

"Barcha harakatlarimizga qaramay, natija fojeaviy boʻldi. Jirafalarning anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli, ularning oshqozon-ichak tizimida jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazib boʻlmaydi. Chunki jahon amaliyotida bunday kasalliklarni muvaffaqiyatli davolash holatlari mavjud emas. Biz uchun katta yoʻqotish. Shu ogʻir damlarda qoʻllab-quvvatlab, tushunganingiz uchun minnatdormiz", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling