Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Ikkita viloyatda noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Jizzax va Samarqand viloyatlarida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX xabar berdi.

Jizzaxda 1993-y.t. 2 nafar fuqaro tegishli hujjatlari bo‘lmagan 400 dona “MISOPROSTOL” tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va ularni qadoqlash uchun mo‘jallangan 26 dona qutilarni 5 ming dollarga sotgan vaqtlarida ushlandi.

Tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida joylashgan ayollar fitness-klubi ham ko‘zdan kechirilib, u yerda qo‘lga olinganlar tomonidan tashkil qilingan yashirin sex aniqlandi. 

Mazkur sexda ushbu shaxslar turli xil dori vositalarini qo‘lbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shug‘ullanib kelishgan. 

Natijada, 1 dona qadoqlash uskunasi, sotuvga tayyorlangan jami 141 dona kapsulalar, 1 040 dona xitoy va ingliz tilida yozilgan soxta galogrammalar, 237 dona soxta shtrix kodlar, 1 014 dona bo‘sh kapsulalar, turli xildagi quti va paketlar protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Samarqand shahrida esa 1998-y.t., farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi MCHJ menedjeri Qirg‘izistondan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan hamda tarkibida psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan jami 9800 dona dori vositalarini shartli xaridorga 25 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling