Jizzaxda sodir bo‘lgan YTH oqibatida 5 kishi vafot etdi

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyatining Sharof Rashidovda 21-noyabr kuni soat 23:50 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu hadqa viloyat IIB xabar berdi.

Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchi 2003-y.t. haydovchi Isuzu yuk avtomashinasida Samarqand yo‘nalishida joylashgan avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasidan chiqayotgan vaqtda ushbu qismda “Yo‘l bering” va “Harakatlanish o‘nga” yo‘l belgisi talablariga bo‘ysunmagan. 

U belgilanmagan joydan Toshkent yo‘nalishiga burilish uchun yo‘lning qatnov qismiga chiqqan vaqtida, Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Surxondaryo viloyatida yashagan 2002-y.t. haydovchi boshqaruvidagi Lasetti bilan to‘qnashgan.

Natijada Lasetti‘ning dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqib, avtomashina to‘liq yongan.

Hodisa oqibatda Lasetti haydovchisi hamda transport vositasi salonida bo‘lgan 4 nafar yo‘lovchi turli xil tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling