Jizzaxda tuman FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Jizzax viloyatidagi tumanlardan birining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i sentyabr oyida mahalliy tadbirkor tomonidan qurilishi rejalashtirilgan ko‘p qavatli uyning loyiha hujjatlarini tasdiqlab berib, evaziga 200 dollar oladi

Keyinroq tadbirkor ushbu ko‘p qavatli uyga yaqin joyda xususiy maktab qurish uchun loyiha hujjatlarini tasdiqlab berishini so‘rab, yana mazkur mansabdor shaxsga murojaat qiladi.

Bu safar esa u 6 mln so‘m talab qiladi. O‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman FVB boshlig‘i ushbu pulni turmush o‘rtog‘i orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Mazkur moddaning ushbu bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling