Jizzaxda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi

Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyatida 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi, deb xabar berdi O‘zenergoinspeksiya. 

Maʼlum qilinishicha, “G. S.” MCHJga qarashli binoning gaz uskunalari hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali ulangan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta‘minoti korxonasiga 1 mlrd 245 mln so‘mlik zarar yetkazilgan. 

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling