Jizzaxga Xitoyda ishlab chiqarilgan 30 dona zamonaviy Zhongtong rusumli avtobuslari olib kelindi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ushbu avtobuslar Jizzaxdagi uchta yangi yo‘nalishlarga brutto-shartnomasi asosida joylashtirilishi rejalashtirilgan. Bular:
1-yo‘nalish: 107-sonli "Zilol MFY – Nurafshon MFY" yo‘nalish
2-yo‘nalish: 110-sonli "So‘g‘diyona MFY – Uchariq MFY" yo‘nalish
3-yo‘nalish: 113-sonli "Jizzax ASHB – Tovar XAB" yo‘nalish

Yil yakuniga qadar viloyatga yana 60 ta avtobus olib kelish rejalashtirilgan.