Jizzax shahri uchun zamonaviy avtobuslar olib kelinishi davom etmoqda, deb xabar berdi Transport vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, Jizzaxga 8 dona ANKAI rusumli avtobuslar olib kelindi.
Ushbu avtobuslar Jizzax shahar ichi yoʻnalishlariga brutto-shartnoma asosida biriktiriladi.
Mart oyida Jizzaxga 30 dona Zhong tong rusumli avtobuslari olib kelingan edi. Yil yakuniga qadar Jizzaxga 52 dona avtobuslar olib kelish rejalashtirilgan.