Samarqandda qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi oqibatida tabiatga 137 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Holat yuzasidan ekskavator va ikkita yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

Samarqand viloyatining Jomboy tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Oqdaryo” daryosining muhofaza etiladigan hududida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Reyd davomida daryo hududida “M.T.” fermer xo‘jaligi vakillari tomonidan ekskavator va yuk mashinalari vositasida hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda qum-shag‘al aralashmasi qazib olingani aniqlandi.

Natijada tabiatga 137 milliard 472 million 370 ming 649 so‘m zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan ekskavator va ikkita yuk tashuvchi transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

Shunungdek, to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling