Buxoroda mashina YPX xodimini urib ketgani aytilmoqda

Natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Jondor tumanida mashina YPX xodimini urib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat boʻyicha izoh berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu YTH yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling