Italiya bosh vaziri 28-29 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

Oliy darajadagi muzokaralar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 28-29 may kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Sammit davlat rahbarining 2023-yil 7-9 iyun kunlari Italiyaga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘tkaziladi.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Innovatsion hamkorlik va gumanitar almashinuv loyihalarini ilgari surish diqqat markazida bo‘ladi.

Yakunda ikki tomonlama bitimlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling