Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni 28-may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni O‘zbekiston prezidenti kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 29-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar va boshqa qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.