Ish haftasi davomida ob-havo qanday bo‘ladi?

Havo harorati ba‘zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi

O‘zbekistonda 1-5-iyul kunlari issiq asta-sekin kuchayadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Eng issiq kunlar respublika shimolida 2 va 3-iyulda, cho‘l hududlarda 3 va 4-iyulda, respublikaning qolgan hududlarida 4-iyul va 5-iyul kunlari kuzatiladi. 

Shu kunlarda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 44-46 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekiston bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha, 2-4-iyulda shimolda va cho‘l hududlarda, 5-iyulda respublika bo‘yicha ayrim joylarda ba‘zida 20-25 m/s gacha kuchayishi, ba‘zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30-iyun va 1-iyul kunlari harorat asosan 35-38 daraja, 2-3-iyulda 38-40 daraja, 4-5-iyulda 40-43 daraja bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling