O‘zbekistonga 17-19-iyulda janubdan juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Havo harorati 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekiston hududiga 17-19-iyul kunlari janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

17-iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18-20-iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda baʼzi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

Respublika bo‘yicha shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling