Oʻzbekistonlik olimlar tomonidan achchiq qalampirning yangi navi yaratildi

Achchiq qalampirning yangi navi mamlakatda issiqxonada yetishtirishga moslashtirilgan ilk mahalliy nav hisoblanadi.

Foto: agro.uz

Foto: agro.uz

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti seleksioner olimlarining koʻp yillik samarali izlanishlari natijasida Oʻzbekistonda ilk bor achchiq qalampirning issiqxonada yetishtirishga va mahalliy tuproq iqlim sharoitiga mos “Sharq gavhari” navi ixtiro qilindi. Oʻzbekistonda ilk bor achchiq qalampirning issiqxonada yetishtirishga va mahalliy tuproq iqlim sharoitiga mos “Sharq gavhari” navi ixtiro qilindi. Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vazirligi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qalampirning ushbu navi q.x.f.d. Nurbek Xushvaqtov va q.x.f.d. Rustam Nizomovlar tomonidan yaratildi.

Achchiq qalampirning yangi navi mamlakatda issiqxonada yetishtirishga moslashtirilgan ilk mahalliy nav hisoblanadi. Ushbu nav oʻrtapishar boʻlib, uning vegetatsiya davri 123-125 kunni tashkil etadi.

“Sharq gavhari”ning koʻrinishi boshqa qalampirlardan deyarli farq qilmaydi. Uning tupi yarim yigʻiq, shtambli, oʻrtacha barglanuvchan, baland boʻylidir. Mevasi konussimon koʻrinishda, oʻrtacha hajmda, yuzasi tekis, texnik yetilganda yashil, biologik yetilganda qizil boʻladi. Etining qalinligi 1,6-2,0 mm, taʼmi esa achchiq. Bir tupdan 45-50 ta meva olinadi.

“Ushbu qalampirning hosildorligi gektariga 24-25,5 tonnaga teng. ”Sharq gavhari“ navi unumdor tuproqqa talabchan, virusli kasalliklarga chidamli hisoblanadi. Eng muhimi, uni issiqxonada yilning istalgan muddatida ekib yetishtirish va isteʼmol qilish mumkin”, - deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling