Samarqand viloyatining Urgut tumani, Bog‘ishamol mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda17-iyun kuni soat 20:30 larda Kamaz yuk mashinasi va Nexia-3 to‘qnashdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Olgan tan jarohati natijasida Nexia-3‘da bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi T.Rustamov (1986-yilda tug‘ilgan) voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.