Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahridagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.
Marosimda Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentning xalq manfaati yoʻlida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling