Navoiy viloyatining Karmana tumani, “Arg‘un” MFY, "Arg‘un shoh" ko‘chasida joylashgan savdo majmualarining birida 6-may kuni soat 05:15 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 05:18 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:50 da qurshab olingan va 06:24 da bartaraf etilgan.
Yong‘inda savdo majmuaning 200 kv metr maydoni ichki qismi hamda mahsulotlari yongan.
Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta asosiy turdagi hamda 1 ta maxsus turdagi texnika jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmagan.