Qashqadaryo viloyati, Kasbi tumani, “Do‘stlik” MFY hududida joylashgan yoqilg‘i quyish shoxobcha hovlisida 10-mart kuni ikkita 9 tonnali sig‘im yonib ketdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joyiga qutqaruv xizmatida 4 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat taxminan 22:04 da etib borib, soat 22:33 da yong‘inni to‘liq o‘chirgan.
Yong‘in oqibatida 2 nafar fuqarolar kuyish tan jarohatini olgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.
Yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.