Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

O‘zbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi

Texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) agentlik tomonidan beriladi.

Prezidentning “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish  chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Farmon bilan, Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etildi. Kasbiy taʼlim faoliyatini davlat taʼlim standartlari asosida tashkil qilgan texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) agentlik tomonidan beriladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy tadbirkorlar kengashlari tashkil etiladi.

Kengash tarkibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va hokimliklar tomonidan tasdiqlanadi. 

Uning tarkibiga hududdagi yirik tadbirkorlik subyektlari, ish beruvchi tashkilot va korxonalar, vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiritiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling