Shavkat Mirziyoyev Kashmirdagi terakt munosabati bilan Hindiston prezidenti va bosh vaziriga taʼziya yo‘lladi

Davlat rahbari butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Kashmir hududida sodir bo‘lgan terrorchilik harakati  oqibatida ko‘plab insonlar nobud bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va bosh vaziri Narendra Modiga taʼziya yo‘lladi.

Davlat rahbari qurbonlarning oila aʼzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga samimiy hamdardlik izhor etib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling