Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

“Katta chimyon” tog‘ida ikki nafar xorijlik fuqaro adashib qoldi

Tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Katta chimyon” tog‘iga ikki nafar chet el fuqarolari sayr qilish maqsadida borib, 31-may kuni soat 17:15 da yo‘ldan adashib qolgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqaroni dengiz sathidan taxminan 3200 metr balandlikdan xavfsiz hududga 1-iyun kuni soat 11:10 da olib tushilgan.

Tan jarohati olganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling